Bugun 8 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Paragvay prezidenti uy qamog‘iga olindi

Paragvay prezidenti uy qamog‘iga olindi

Paragvay prezidenti impichment orqali lavozimidan chetlatildi va uy qamog‘iga olindi.

Paragvay Senati prezident Santyago Penyaga nisbatan impichment jarayonini yakunlab, uni lavozimidan chetlatish uchun bir ovozdan qaror qabul qildi. Tegishli qaror uchun 44 senator ovoz berdi, bittasi yo‘q edi.

Qizig‘i, Penya bundan bir kun avval iste’foga chiqish haqida ariza bergan, ammo parlament uni qabul qilmagan edi.

Uning lavozimdan chetlatilishiga mamlakatdagi yirik raqamli bank — Ueno Bank faoliyatining inqirozga uchrashi va prezidentning ushbu bank bilan avvalgi biznes aloqalari sabab bo‘lgan. Muxolifat uni manfaatlar to‘qnashuvi va moliyaviy tizimdagi muammolarga aloqadorlikda ayblamoqda. Penya esa ayblovlarni rad etgan.

Sobiq prezident lavozimidan chetlatilganidan keyin uy qamog‘iga olindi. Vise-prezident Pedro Alyana esa yangi prezident sifatida qasamyod qildi.

Kiritildi: 23:50 07.11.2026. O'qildi: 416 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik