Bugun 10 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Jahon va Yevropa chempioni «Barselona»ga o‘tish niyatida

Jahon va Yevropa chempioni «Barselona»ga o‘tish niyatida

«Arsenal» yarim himoyachisi Mikel Merino qishki transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda. Ispaniyalik futbolchining asosiy maqsadi «Barselona»ga o‘tish hisoblanadi.

El Nacional nashrining xabar berishicha, 30 yoshli Merino «Arsenal»dagi o‘yin amaliyotidan qoniqmayapti. U jamoaning doimiy asosiy tarkib futbolchisiga aylana olmagani sababli yangi klub izlamoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, Merino «Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik uchun foydali futbolchi bo‘lishi mumkin. U yarim himoya va hujumda harakat qilish, havodagi kurashlarda ustunlikka erishish hamda jarima maydoniga chuqurlikdan yorib kirish qobiliyatiga ega. Shuningdek, himoyaviy harakatlarda ham faol ishtirok etadi.

Hozircha «Barselona» futbolchini qo‘lga kiritish bo‘yicha rasmiy qadam tashlamagan. Biroq Merinoning Kataloniya klubiga o‘tish istagi ushbu transfer ehtimolini oshirmoqda.

Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 25 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 04:35 08.11.2026. O'qildi: 1013 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik