Bugun 8 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Albaniya poytaxtida ommaviy norozilik namoyishlari to‘qnashuvlarga aylandi

Albaniya poytaxtida ommaviy norozilik namoyishlari to‘qnashuvlarga aylandi

Albaniya poytaxti Tiranada norozilik namoyishlari polisiya bilan to‘qnashuvlarga aylandi. Namoyishchilar bosh vazir Edi Rama qarorgohi yaqinida huquq-tartibot xodimlariga toshlar, pirotexnika vositalari va «Molotov kokteyli» uloqtirdi.

ATA agentligining xabar berishicha, dastlab to‘qnashuvlar Ta’lim vazirligi binosi oldida boshlangan. Keyin namoyishchilar hukumat qarorgohi tomon harakatlangan. Polisiya ularni tarqatish uchun vaqti-vaqti bilan suv purkagichlar va qalampirli spreylardan foydalangan.

Namoyish ishtirokchilari chiqindi konteynerlari va dekorativ tosh bloklarni yo‘lga surib, transport harakatini to‘sishga uringan. Ayrimlar esa trotuar toshlarini ko‘chirib, qatnov qismiga joylashtirgan.

Bosh vazir qarorgohi atrofiga katta miqdorda polisiya kuchlari jalb etilgan. Hududda vaziyat keskinligicha qolmoqda.

Kiritildi: Bugun 04:40. O'qildi: 28 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik