“Meduza”ning xabar berishicha, Turkiya qirg‘oqlari yaqinida uchuvchisiz apparat hujumi oqibatida Palau bayrog‘i ostida suzib kelayotgan Elbus neft tankeri zarar ko‘rgan.
Hujumdan so‘ng kema halokat signalini bergan. Kema Turkiyaning Inebolu porti yaqiniga tortib borilgan. Hozirda kema yetkazilgan zarar baholanishini kutgan holda shu yerda langar tashlab turibdi.
Ukraina ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, Elbus Rossiyaning “soya floti”ga mansub tanker bo‘lib, neft yuklash uchun Novorossiysk yo‘l olgan. Rossiya va Ukraina rasmiylari hozircha hujumga izoh bermadi.
2025 yil noyabr oyidan buyon Ukraina tomonidan Rossiyaning “soya floti” tankerlariga bir necha bor zarba berilgani haqida xabarlar tarqalgan. Uchta kema Qora dengizda, yana biri esa O‘rta yer dengizida hujumga uchragan. Rossiya tankerlar hujumga uchrashi ortidan, “Ukrainani dengizdan uzib qo‘yish” bilan tahdid qilgan.