Bugun 14 mart, 2026 yil, shanba

КИР

Qishloq xo‘jaligi texnikasini xarid qilish uchun 400 mln dollargacha mablag‘ jalb qilinadi

Qishloq xo‘jaligi texnikasini xarid qilish uchun 400 mln dollargacha mablag‘ jalb qilinadi

“Agrar sektorni zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlashning navbatdagi chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–97-son, 13.03.2026 y.) qabul qilindi.

🗣Qarorga muvofiq, qishloq xo‘jaligida mexanizasiya darajasini oshirish, jumladan 2026 yilda paxtani mashinalar yordamida terib olish ulushini 70 foizgacha yetkazish maqsad qilingan.

🗣Shuningdek, 2026 yilda qishloq xo‘jaligi texnika va agregatlari xaridini moliyalashtirish uchun davlat kafolati ostida jalb qilinadigan xorijiy kredit liniyalari hisobidan tijorat banklari orqali 400 mln AQSh dollarigacha mablag‘lar yo‘naltiriladi.

🗣Tijorat banklari qishloq xo‘jaligi texnikasi xaridi uchun 10 yil muddatga, 2 yillik imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkaga 4 foiz bank marjasi qo‘shilgan holda milliy valyutada kreditlar ajratadi.

🗣 Shuningdek, paxta va g‘alla kombaynlari uchun kredit va lizing to‘lovlari yiliga ikki marta — 31 yanvar va 31 iyul sanalarda to‘lanishi belgilandi.

Kiritildi: Bugun 09:22. O'qildi: 160 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!