Ushbu ma’lumotlar yaqin kunlarda e’lon qilinishi kutilayotgan qirollik saroyining yillik moliyaviy hisoboti bilan birga e’lon qilinadi, deb xabar bermoqda Reuters.
Qonunga ko‘ra, monarx daromad solig‘i, kapital o‘sishidan olinadigan soliq yoki qirolicha Yelizaveta II dan meros bo‘lib qolgan mulk uchun meros solig‘ini to‘lashga majbur emas.
Shunga qaramay, Charlz III ba’zi soliqlarni, jumladan, shaxsiy aktivlarini sotishdan tushadigan daromadlardan ixtiyoriy ravishda to‘lashga rozi bo‘lgan.
Qirollik ma’muriyatining ma’lum qilishicha, ushbu ma’lumotlarning oshkor qilinishi moliyaviy amaliyotlar shaffofligi darajasini oshirish hamda jamiyat oldida saroy hisobdorligi tamoyillarini kengaytirish istagi bilan bog‘liq.