Bugun 15 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ikki nafar sobiq o‘rinbosari hibsga olindi

Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ikki nafar sobiq o‘rinbosari hibsga olindi

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisining sobiq o‘rinbosarlari Timur Shabdanbekov va Daniel Risaliyev hibsga olingan. Bu haqda mamlakat huquq-tartibot organlaridagi manbalariga tayanib, Kaktus media nashri xabar berdi.

Timur Shabdanbekov mansab vakolatini suiiste’mol qilishda gumonlanmoqda. Xuddi shunday ayblov bilan MXDQning yana 6 nafar xodimi qo‘lga olingani aytilyapti.

Daniel Risaliyev esa korrupsiya ayblovi bilan 13 aprel kuni ushlangani ma’lum. 24.kg xabariga ko‘ra, Bishkek shahar Birinchi may tumani sudi uni 11 iyungacha uy qamog‘ida saqlashga order bergan.

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasini 2020 yildan buyon boshqarib kelgan Qamchibek Tashiyev 10 fevral kuni lavozimidan olingan edi. Shu kuni uning o‘rinbosari Daniel Risaliyev ham ishdan bo‘shatilgan. Boshqa bir o‘rinbosari Timur Shabdanbekov esa bir hafta o‘tib, 17 fevralda lavozimini tark etgandi.

Respublika prezidenti Japarov Tashiyevni ishdan olishini “Qirg‘iziston jamiyatida boshboshdoqlik yuzaga kelishining oldini olish” bilan izohlagan edi.

Kiritildi: Bugun 12:25. O'qildi: 819 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!