Qirg‘izistonda maktab o‘quvchilari va talabalar uchun teatr-tomosha muassasalari spektakllari hamda madaniy tadbirlarga majburiy tashrif buyurishni nazarda tutuvchi abonement tizimini joriy etish taklif qilinmoqda.
Tegishli prezident farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Loyiha doirasida har bir o‘quvchi va talaba bir yil davomida quyidagi tadbirlarga tashrif buyurishi nazarda tutilmoqda:
Shunday qilib, bir kishi uchun bir yilda jami 4 ta madaniy tadbirga tashrif buyurish belgilanmoqda. 1 million 821 ming 633 nafar o‘quvchi va talaba uchun zarur mablag‘ 1,4 milliard somdan ortiqni tashkil etadi.
Mazkur xarajatlarni moliyalashtirish har yili respublika byudjetidan, davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan Qirg‘iz Respublikasi Maorif vazirligi hamda Qirg‘iz Respublikasi Fan, oliy ta’lim va innovasiyalar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Vazirliklar tashrif buyuruvchilar ro‘yxatlari asosida hisob-kitob yuritadi va tegishli mablag‘larni bevosita teatr-tomosha muassasalarining hisob raqamlariga yoki raqamli mexanizmlar orqali o‘quvchilar va talabalarga o‘tkazilishini ta’minlaydi.