Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Qirg‘izistonda ham bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanishi mumkin

Qirg‘izistonda ham bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanishi mumkin

Qirg‘izistonda voyaga yetmaganlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanishi mumkin. bu haqda mamlakat ta’lim vaziri Dogdurkul Kendirbayeva ma’lum qildi.

«Biz bu masalani ko‘rib chiqmoqdamiz. Bizda tajriba bor. Masalan, darslarda telefondan foydalanishni taqiqladik», - dedi u.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, boshqa mamlakatlarda voyaga yetmaganlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanayotgan holatlar mavjud.

Kendirbayevaning fikricha, bu ayniqsa maktabda atigi uch soat bo‘lib, qolgan vaqtini uyda o‘tkazadigan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun muhim.

«Bolalar ijtimoiy tarmoqlarda hech qanday nazoratsiz o‘tiribdi. Ular qanday axborotlar olishayotganini biz bilmaymiz», - dedi vazir.

Kiritildi: Bugun 01:20. O'qildi: 307 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!