Bugun 29 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisiga migrantlarning ommaviy hibsga olinishi yuzasidan nota yubordi

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisiga migrantlarning ommaviy hibsga olinishi yuzasidan nota yubordi

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisi Sergey Vakunovga migrantlarning ommaviy hibsga olinishi va kuch qo‘llanishi munosabati bilan nota yubordi.

Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, dushanba kuni Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Almaz Imangaziyev va Vakunov o‘rtasida 11 aprel kuni Moskvadagi "Bodrost" hammom majmuasida sodir bo‘lgan qirg‘izistonliklarning ommaviy hibsga olinishi munosabati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan.

"Rossiya tomoniga huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan operasiya, shuningdek, fuqarolarga nisbatan kuch qo‘llash asoslari to‘g‘risida ma’lumot berish hamda agar kuch ishlatish asossiz bo‘lsa, ushbu hodisa yuzasidan Moskva huquq-tartibot idoralari vakillariga nisbatan tegishli choralar ko‘rish talabi bilan rasmiy nota berildi", — deyiladi TIV xabarida.

Qirg‘iziston ommaviy axborot vositalari operasiyadan so‘ng 24 nafar qirg‘izistonlik qo‘lga olingani, ulardan to‘rt nafari Rossiyadan deportasiya qilinishi haqida xabar berdi.

Kiritildi: 13:27 14.04.2025. O'qildi: 993 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!