Bugun 30 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Elektrsiz qolgan Ispaniya va Portugaliya: Kiberhujummi yoki tabiiy falokat?

Elektrsiz qolgan Ispaniya va Portugaliya: Kiberhujummi yoki tabiiy falokat?

Ispaniya va Portugaliyada elektr ta’minotida keng ko‘lamli uzilish “kam uchraydigan atmosfera hodisasi” sababli yuz bergan bo‘lishi mumkin.

Bu haqda Portugaliyaning REN (Rede Elétrica Nacional) elektr tarmoqlari operatori ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sky News.

REN ma’lumotiga ko‘ra, Ispaniyada havo haroratining keskin o‘zgarishi tufayli yuqori kuchlanishli liniyalarda “anomal tebranishlar” yuzaga kelgan va bu butun Yevropa birlashgan elektr tarmog‘ida nosozliklarga olib kelgan.

REN Ispaniyaning bir necha hududlarida, jumladan, Kataloniya, Asturiya, Aragon va Baskoniyada elektr ta’minotini bosqichma-bosqich tiklash boshlangani haqida e’lon qildi. Qaayd etilishicha, tarmoqni to‘liq tiklash uchun bir hafta vaqt ketishi mumkin.

Avvalroq Portugaliyada bu hodisaga kiberhujum sabab bo‘lgani ehtimoli ham tilga olingan edi.

Kiritildi: 22:14 28.04.2025. O'qildi: 967 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!