Sadir Japarov 29 avgust kuni Bishkek shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) davlat rahbarlari sammiti va VI Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari vaqtida jamoat xavfsizligini ta’minlashga jalb etilgan kuch tuzilmalarini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
"Taraqqiyotning birinchi va asosiy sharti – temir intizom! Turli tashqi destruktiv kuchlarning provokasiyasiga uchib, ulardan mukofot olgan holda jamiyatdagi vaziyatni beqarorlashtirishga urinayotgan o‘sha oz sonli “xalq dushmanlari”ni qattiq jazolaymiz. Bunday kishilarga rahm qilinmaydi!", — dedi Qirg‘iziston prezidenti.
Qirg‘izistonda VI Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari 2026 yilning 31 avgustidan 6 sentyabrgacha o‘tkazilishi belgilangan. SHHT sammiti 2026 yilning 31 avgust – 1 sentyabr kunlari Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadi.