Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 10–11 noyabr kunlari ishchi tashrif bilan Rossiyada bo‘ladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif doirasida Japarov Moskvada o‘tkaziladigan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) Kollektiv xavfsizlik kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi.
Sammitda tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlari xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikka oid dolzarb masalalarni, KXSHTning so‘nggi davrdagi faoliyati natijalarini hamda hamkorlikni yanada mustahkamlash choralarini muhokama qiladi.
Asosiy e’tibor terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash, biologik xavfsizlikni ta’minlash hamda a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni takomillashtirishga qaratiladi.
Yig‘ilish yakunida bir qator hujjatlar, jumladan, KXSHT Kollektiv xavfsizlik kengashi deklarasiyasini imzolash rejalashtirilgan.
Shuningdek, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi imzolanganining 35 yilligi va KXSHT tashkil etilganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar rejasi tasdiqlanishi kutilmoqda.