Bugun 8 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Qirg‘iziston chegarasida ishonchnoma talabi bekor qilinishi mumkin

Qirg‘iziston chegarasida ishonchnoma talabi bekor qilinishi mumkin

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, so‘nggi kunlarda Qirg‘iziston chegarasi orqali o‘tayotgan o‘zbekistonliklardan “maxsus ishonchnoma” talab qilinmoqda. Bu holat fuqarolar o‘rtasida norozilik uyg‘otayotgani aytilmoqda.

Mazkur vaziyat yuzasidan So‘x tumani hokimligi axborot xizmati rasmiy bayonot berdi.

Unga ko‘ra, Qirg‘iziston rasmiylari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida 10 mayga qadar mazkur hujjat eksklav hududlar aholisidan talab etilmasligi ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil mart oyida O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston chegara tutash nuqtasi bo‘yicha shartnoma imzolagan, 25 aprelda esa “Chashma” bulog‘idan birgalikda foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Kiritildi: 21:12 05.05.2025. O'qildi: 648 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!