Bugun 16 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Qattiq sovuq qachon chekinishi ma’lum qilindi

Qattiq sovuq qachon chekinishi ma’lum qilindi

Yog‘ib o‘tgan qordan so‘ng O‘zbekiston hududining katta qismida qor qoplami hosil bo‘ldi. Bugun ertalab havo harorati 8-13 daraja sovuqqacha, ayrim joylarda 15 daraja sovuqqacha, eng chekka janubda 4-6 daraja sovuqqacha pasaydi.

Bugun kunduzi respublikaning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati 0-5 daraja sovuq atrofida, shimolda va janubda ba’zi joylarda 2 daraja iliqqacha bo‘ladi.

O‘zbekisiton hududining katta qismida quruq ob-havo 19 dekabr kuniga qadar saqlanib turadi. Faqat 19 dekabr chorshanba kuni Qoraqalpog‘ston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarida yog‘ingarchilik bo‘ladi.

Respublika hududi bo‘yicha harorat 17 dekabr kuni kechasi 8-13 daraja sovuq bo‘lishi saqlanib turadi, kunduz kuni esa havo harorati ko‘tarila boshlaydi. 19 dekabrga kelib, harorat kechasi 0-2 daraja sovuqqacha, kunduz kuni 5-7 daraja iliqqacha, janubda ba’zi joylarda 10 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

20 dekabr-juma kuni O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik kuzatiladi. Kunduz kungi harorat 0-3 daraja iliqqacha pasayadi.

Respublikaning ayrim joylariga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

18-20 dekabrda ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi.

Poytaxtimizda: 16-19 dekabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Harorat kechalari 10-12 daraja sovuqdan 0-2 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3-5 daraja sovuqdan 5-7 daraja iliqqacha asta-sekin ko‘tariladi.

20 dekabrda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Harorat kechasi va kunduzi 0-2 daraja iliq bo‘ladi.

Kiritildi: Bugun 13:41. O'qildi: 6338 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!