Rossiya bilan muzokaralar chog‘ida Ukraina yangi mahbus almashinuvini tayyorlash masalasini muhokama qilishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
"Uchrashuv kun tartibi biz uchun tushunarli – mahbuslarni qaytarish, Rossiya tomonidan o‘g‘irlab ketilgan bolalarni qaytarish va yetakchilar yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish", — deb yozadi u va muzokaralarda katta dinamika zarurligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, 19 iyul kuni Zelenskiy Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov Rossiyaga kelasi hafta muzokaralarning uchinchi raundini o‘tkazishni taklif qilganini ma’lum qilgan edi.
TASS manbasining xabar berishicha, yangi tur 24-25 iyul kunlari Istanbulda bo‘lib o‘tishi mumkin.