Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiya Mudofaa vazirligi Polshaning dronlar bo‘yicha ayblovlariga javob berdi

Rossiya Mudofaa vazirligi Polshaning dronlar bo‘yicha ayblovlariga javob berdi

Rossiya o‘tgan tunda Ukraina mudofaa sanoati korxonalariga zarba bergan edi. Bu hujum Polsha hududidagi nishonlarga yo‘naltirilmagan. Dronlarning maksimal parvoz masofasi 700 km. Vazirlik bu borada Polsha Mudofaa vazirligi bilan muloqotga tayyor, deyiladi bayonotda.

Chorshanba kuni Polsha bosh vaziri Donald Tusk davlat chegarasini 19ta dron kesib o‘tganini, ularning aksariyati Belarus tomondan uchib kelganini aytib, voqeada Moskvani ayblagan edi.

Keyinroq dronlar Ukraina tomonidan uchib kelgani va ularning soni 7ta bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.

Varshava oldin ham bir necha bor o‘z hududi ustiga qulab tushgan dron va raketalarda Rossiyani ayblagan, ammo keyinchalik ular Ukrainaniki bo‘lib chiqqan edi.

Kiritildi: 21:30 10.09.2025. O'qildi: 3964 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!