Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Qashqadaryodagi suv yig‘ish inshootida 1,2 mlrd so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalanildi

Qashqadaryodagi suv yig‘ish inshootida 1,2 mlrd so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalanildi

Qashqadaryo viloyatidagi suv yig‘ish inshootida 1,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Koson tumani “Do‘stlik” MFYda Suv ta’minoti tuman bo‘limiga qarashli suv yig‘ish inshootining elektr hisoblagichi shartnomada ko‘rsatilmasdan elektrdan noqonuniy foydalanilgan.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida elektr ta’minoti korxonasiga 1 mlrd 280 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 17:43 19.04.2025. O'qildi: 654 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!