Qashqadaryoda oddiy shaxmatga yangi elementlar qo‘shilib, 80 katakli «Shaxmat +» o‘yini yaratildi.
Ushbu o‘zgartishlar yoshlar o‘rtasida sinovdan o‘tkazilib, ijobiy qabul qilingan. Endilikda «Shaxmat +» yangi sport turi sifatida patentlangan.
Tashkilotchilarga ko‘ra, yangi format yoshlarning mantiqiy fikrlash doirasini kengaytirishga xizmat qiladi. Tez orada «Shaxmat +» bo‘yicha sovrinli musobaqa o‘tkazilishi rejalashtirilgan.