Bugun 12 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Qarzdor otadan 136 million aliment puli undirildi

Qarzdor otadan 136 million aliment puli undirildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanlararo sudining 2024 yil 19 noyabr kungi ijro hujjatiga asosan undiruvchi N.A.ning foydasiga tarbiyasidagi ikki nafar farzandining ta’minoti uchun qarzdor SH.K.dan uning har oydagi jami daromadining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan edi.

Majburiy ijro byurosi Kegeyli tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida, qarzdor SH.K.ning aliment to‘lovlaridan yuzaga kelgan qarzdorligi 22 million so‘mdan oshib ketganligi ma’lum bo‘ldi. Unga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, jinoyat ishlari bo‘yicha Kegeyli tuman sudiga yuborildi.

Qarzdor ota joriy yilning 26 mart kuni Byuroning Kegeyli tuman bo‘limiga kelib, farzandlari 18 yoshga to‘lgunga qadar to‘lanishi lozim bo‘lgan jami 136 million so‘m pulni undiruvchiga berdi.

Kiritildi: 16:40 31.03.2025. O'qildi: 443 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!