UQK Maxsus operasiyalar kuchlari bo‘linmalari so‘nggi kunlarda 14 nafar rossiyalik harbiyni, jumladan uch nafar zobitni asirga oldi.
Operasiya Rossiyaning Kursk viloyati hududida amalga oshirildi.
MOK matbuot xizmati xabar berishicha, ukrainalik jangchilar bir qator muvaffaqiyatli harakatlarni amalga oshirdi. Bu harakatlar davomida RF qo‘shinlari yo‘qotishlarga uchradi va taslim bo‘lishga majbur bo‘ldi.
MOK ma’lumotlariga ko‘ra, 30 ga yaqin rossiyalik harbiy xizmatchi yo‘q qilindi. Ukrainalik jangchilar orasida yo‘qotishlar yo‘q. Barcha asirlar ko‘rsatmalar bermoqda.