Bugun 13 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

Hindistonlik amaldor Buxorodagi mehmonxonadan o‘lik holda topildi

Hindistonlik amaldor Buxorodagi mehmonxonadan o‘lik holda topildi

Hindistonlik amaldor O‘zbekistonda vafot etdi.

Bosh prokuratura mazkur masala yuzasidan Platina.uz'ga izoh berdi.

Bu haqda Hindistonning Megalaya shtati rahbari Konrad Sangma X sahifasida yozgan.

Megalaya shtati bosh kotibi Sayid Roziy O‘zbekistonga shaxsiy safari chog‘ida mehmonxona xonasida o‘lik holda topilgan.

Hindiston temir yo‘l xizmati xodimi, Roziy 2021 yildan shtatda deputat sifatida ishlagan.

Rasmiylarga ko‘ra, 4 apreldan buyon Buxoro shahrida bo‘lgan va yurak xurujidan vafot etganlikda gumon qilinmoqda.

"Joriy yilning 7 aprel kuni soat 1974 yilda Hindiston Respublikasi fuqarosi Buxoro shahridagi “Wyndham” mehmonxonasida vafot etgan

Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotga ko‘ra, o‘lim o‘tkir yurak qon-tomir va nafas faoliyati yetishmovchiligi bilan asoratlangan o‘ng o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi natijasida yuzaga kelganligi ko‘rsatilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda", deyiladi Bosh prokuratura izohida.

Roziy qo‘ng‘iroqlarga javob bermaganidan so‘ng, uning xonasi eshigini buzib kirishgan.

Hozirda amaldor jasadini Hindistonga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

Kiritildi: 11:40 08.04.2025. O'qildi: 5538 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!