Xitoyning eksport cheklovlari AQShning yangi F-47 qiruvchi samolyoti loyihasiga zarba berdi — Newsweek.
Nashrning yozishicha, Pekinning Qo‘shma Shtatlarga noyob elementlarni eksport qilishga qo‘ygan cheklov choralari Tramp yaqinda e’lon qilgan oltinchi avlod F-47 qiruvchi samolyotini yaratish rejasiga jiddiy to‘sqinlik qilmoqda.
Newsweek manbalarga ko‘ra, XXRning bu harakati AQSh aerokosmik sanoatida jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. Chunki Qo‘shma Shtatlar aviasiya ishlab chiqaruvchilari zarur avionik komponentlarni asosan Xitoydan olib kelishadi.
Hozirgi kunda dunyo bo‘yicha harbiy sanoat, elektromobillar, energetika va elektronika sohalarida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan noyob elementlarning qariyb 90 foizi aynan Xitoyda ishlab chiqariladi. Bu esa Pekinga global texnologik zanjirda muhim ustunlik beradi.
"Vashingtonning yangi avlod qiruvchi samolyotini ishlab chiqish borasidagi maqsadlari aynan xomashyoga qaramlik sabab xavf ostida qolmoqda", deb yozadi Newsweek.