«Arsenal»ga qarshi Chempionlar Ligasi 1/4 finalidagi yirik mag‘lubiyatdan (0:3) so‘ng «Real» kiyinish xonasida qanday gaplar yangragani ma’lum bo‘ldi.
El Chiringuito xabariga ko‘ra, madridliklar hujumchilari Vinisius Junior va Kilian Mbappe jamoaga murojaat qilishgan. Shuningdek, yarimhimoyachilar Federiko Valverde va Jud Bellinghem ham o‘z fikrlarini bildirishgan.
Manbaga ko‘ra, futbolchilar «Real» 15 bor YECHL g‘olibi ekanligini ta’kidlashgan. Shuningdek, yuqorida nomi tilga olingan futbolchilar jamoa javob bahsida birinchi 15 daqiqalikda gol urishi shart ekanligini aytishgan. Yakunda ularning nutqi boshqa o‘yinchilar tomonidan olqishlangan.
Madriddagi javob bellashuvi 16 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.