Bugun 16 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Evropa AQShni bojlarni bekor qilishga majburlash yo‘lini topdi

Evropa AQShni bojlarni bekor qilishga majburlash yo‘lini topdi

Evrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen, agar AQSh bilan import bojlari bo‘yicha muzokaralar natijasiz yakunlansa, Yevropa Ittifoqi Google va Meta kabi Amerika texnologiya gigantlariga qo‘shimcha soliqlar joriy etishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda Financial Times xabar bermoqda.

Yangi soliqlar raqamli reklama daromadlariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin, bu esa yirik IT-kompaniyalar uchun jiddiy zarba bo‘ladi. Fon der Lyayenning ta’kidlashicha, Bryussel Vashington bilan muvozanatli kelishuvga erishishga intilmoqda, ammo shu bilan birga savdo nizosi kuchaygan taqdirda qo‘llash uchun chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqmoqda.

U, shuningdek, AQSh tomonidan boshlangan "global savdo urushi" jahon savdosi manzarasini tubdan o‘zgartirayotganini va "AQSh bilan munosabatlarda burilish nuqtasi"ga aylanayotganini ta’kidladi.

"Biz ishlarning avvalgi holatiga qaytmaymiz," deya ta’kidladi Yevropa Komissiyasi raisi. Uning aytishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp yangi bojlar joriy etilishini e’lon qilgan 2 aprelgacha Yevropa Komissiyasi muzokaralar olib borishga harakat qilgan, ammo o‘zaro tushunishga erishilmagan. Shundan so‘ng tez orada Yevropa Ittifoqi javob choralari paketini kelishib oldi.

Kiritildi: 22:59 11.04.2025. O'qildi: 3921 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!