Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Messi ham, Ronaldu ham emas! Ronaldinyo hozir eng zo‘r futbolchi kimligini aytdi

Messi ham, Ronaldu ham emas! Ronaldinyo hozir eng zo‘r futbolchi kimligini aytdi

2005 yilgi “Oltin to‘p” sohibi Ronaldinyo ayni paytda jahon futbolida eng kuchli o‘yinchi kim ekani haqida fikr bildirib, “Real” va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappening nomini tilga oldi.

- Mbappe – hozirgi paytda menga yoqadigan eng zo‘r zamonaviy futbolchilardan biri. Men uning maydondan tashqaridagi faoliyatini ham hurmat qilaman.

Kilian zo‘r do‘st. PSJdan ketganimizdagi taqdirlarimiz o‘xshash, faqat klublarimiz boshqa-boshqa.

Real”da Mbappe yanada ko‘proq rivojlanishi va hozirgacha erisha olmagan muhim narsalarni qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega, - dedi Ronaldinyo.

Mbappe uzoq muddat o‘z yurtida “Monako” va “Pari Sen-Jermen” jamoalari sharafini himoya qildi. O‘tgan yili yozda ilk bor xorij chempionatiga yo‘l olib, erkin agent sifatida “Real”ga ko‘chib o‘tdi va madridliklar bilan 2029 yilning yormigacha davom etadigan shartnoma imzoladi.

Kiritildi: 19:14 11.04.2025. O'qildi: 7133 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!