Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zi tug‘ilib o‘sgan Krivoy Rog shahriga tashrif buyurib, u yerda 4 aprel kuni Rossiyaning raketa hujumida halok bo‘lganlar xotirasini yod etdi.
Bu haqda davlat rahbari o‘zining ijtimoiy tarmoq sahifalarida ma’lum qildi.
Zelenskiy dunyo Rossiya tomonidan Ukraina fuqarolariga qarshi sodir etilgan jinoyatlarni unutmasligi kerakligini ta’kidladi.
"Krivoy Rog. Oddiy shahar hududi. Atrofda faqat turar-joy binolari, faqat fuqarolar yashash joylari. 4 aprel kuni Rossiyaning ballistik raketasi uylar va bolalar maydonchasi yoniga, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chaga tushdi va 19 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, ularning 9 nafari bolalar edi. Rossiya terrori tufayli hayotdan ko‘z yumgan barcha insonlarning xotirasi mangu yodimizda qolsin," deya yozdi u.