Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahar bo‘limi tekshiruvida Qarshi shahar soliq inspeksiyasining davlat soliq bosh inspektorlari M.A., SH.T. va boshqalarga oid holat aniqlangan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ular 97 nafar soliq to‘lovchidan 122,6 mln so‘mni soliq qarzdorligini so‘ndirish bahonasida olib, mablag‘larni shaxsiy hisobvaraqlarga kirim qilmasdan o‘zlashtirgan yoki rastrata qilgan.
⚖️ Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.