Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Qanday hollarda ma’muriy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin?

Qanday hollarda ma’muriy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin?

Ma’lumki, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash davlatimizning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining raisi Tolibjon Obidov tomonidan tumandagi xizmatni o‘tayotgan hudud profilaktika inspektorlari uchun maxsus seminar-mashg‘ulot o‘tkazildi. Bu haqda Toshkent shahar sudi matbuot kotibi Sadoqat Allaberganova xabar qildi...

Mazkur o‘quv seminar-mashg‘ulotida barcha IIB boshliqlari hamda tumanda xizmatni o‘tayotgan barcha hudud profilaktika inspektorlari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda asosiy e’tibor huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarlik va jinoyatlarning kelib chiqish sabablarini aniqlash va jazo muqarrarligi qat’iy ta’minlash bu borada aholini qonunga hurmat ruhida tarbiyalash hamda korrupsiyaviy omillar ta’siridan himoya qilishga qaratildi.

Shuningdek, tuman sudi raisi Tolibjon Obidov tomonidan hudud profilaktika inspektorlariga, O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 4 oktyabrdagi O‘RQ-720-sonli Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksiga yangi kiritilgan – “Yarashilganligi munosabati bilan ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish” institutining mazmun va mohiyati, uning o‘ziga xos xususiyatlari va amaliyotda qo‘llashda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan asosiy jihatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Xususan, tuman sudi raisi Tolibjon Obidov “MJtKning 40-moddasida (tuhmat), 41-moddasida (haqorat qilish), 45-moddasida (fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish), 46-moddasida (fuqaroga ma’naviy yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor etish), 461-moddasida (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish), 52-moddasida (engil tan jarohati yetkazish), 612-moddasida (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish), 104-moddasida (ekinzorlarni payhon qilish, qishloq xo‘jalik ekinlarining dalada to‘plab qo‘yilgan hosiliga zarar yetkazish yoki uni yo‘q qilib yuborish, ko‘chatlarga shikast yetkazish), 133-moddasida (transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi), 134-moddasida (haydovchilarning yo‘l harakati qoidalarini buzishi transport vositalarining yoki boshqa mol-mulkning shikastlanishiga olib kelishi), 183-moddasida (mayda bezorilik) hamda 200-moddasida (o‘zboshimchalik) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxs, agar u o‘z aybiga iqror bo‘lsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, ma’muriy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin”, deya batafsil ma’lumot berdi.

Qanday hollarda ma’muriy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin?

Tadbirda, tuman IIB rahbariyati hamda hudud profilaktika inspektorlari ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Kiritildi: 18:47 26.05.2022. O'qildi: 3788 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!