Reyters xabariga ko‘ra, Ukraina tranzitini to‘xtatish Moldovaga eng og‘ir ta’sir qiladi. Slovakiya, Chexiya va Avstriya kabi Rossiya gazining boshqa xaridorlari muqobil yetkazib berish yo‘llarini o‘rnatdilar.
Vengriya Rossiya gazini Turk oqimi gaz quvuri orqali olishda davom etadi.
"Evropa uchun arzon Rossiya gazini yetkazib berishning yo‘qotilishi iqtisodiyotning jiddiy sekinlashuviga, inflyasiyaning ko‘tarilishiga va yashash narxi inqirozining kuchayishiga olib keldi. Garchi Yevropa muqobil energiya manbalarini tezda topgan bo‘lsa-da, Rossiya gazining yo‘qotilishi uning global raqobatbardoshligining pasayishi va xususan, Germaniyaning sanoat kelajagi haqidagi uzoq muddatli xavotirlarni kuchaytirdi," - deya ta’kidlaydi Reyters.