Fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanlararo sudining 2024 yil 4 oktyabrdagi ijro hujjatiga asosan qarzdor YATT “T.Ubaydulloyev”dan undiruvchi “Kapitalbank” ATB “Kapital 24” CHBF foydasiga 10.440 AQSh dollari kredit qarzdorligi undirish, undiruvni bank va mijoz o‘rtasida tuzilgan garov mulki bahosini baholash dalolatnomasiga asosan 113.200.000 so‘mga baholangan qarzdorga tegishli bo‘lgan, 2020 yilda ishlab chiqarilgan “Nexia-3” rusumli avtotransport vositasiga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning G‘ijduvon tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan hamda ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, ijro harakatlariga kirishilgan.
Qarzdorlikni bartaraf qilish uchun qonunchilikka muvofiq qarzdorga ixtiyoriy muddat berilgan bo‘lsada, ijro hujjati talablari bajarilmagan.
Kredit qarzdorligini bartaraf etish uchun qarzdorga muddat berilgan, bartaraf qilinmagan taqdirda, avtomashina realizasiya qilish uchun onlayn-auksion savdolariga chiqarilishi haqida rasman ogohlantirilgan.