Kataloniyaning "Barselona" klubi ayni damda jiddiy masala oldida turibdi. Gap Dani Olmo bilan bog‘liq.
Gar shundaki, agar yaqin soatlar ichida "Barselona" Olmoni ro‘yxatdan o‘tkaza olmasa, futbolchi to‘liq erkin agentga aylanadi.
Eng yomoni, ispan klubi futbolchiga 2030 yilgachp amal qiladigan shartnomasidagi maoshining to‘liq qismini to‘lashi kerak bo‘ladi. Klub, shuningdek, "RB Leyptsig" bilan shartnoma shartlarini to‘liq bajarishi, 48 mln yevrogacha bo‘lgan to‘lovlarni amalga oshirishi lozim.