Bugun 4 yanvar, 2025 yil, shanba

КИР

Rossiya va Ukraina o‘rtasida 2025 yilda tinchlik shartnomasi tuziladi

Rossiya va Ukraina o‘rtasida 2025 yilda tinchlik shartnomasi tuziladi

Financial Times prognozlariga ko‘ra, Rossiya 2025 yilda keskinroq sanksiyalar tahdidi ostida Ukraina bilan tinchlik shartnomasi tuzadi.

Nashrning fikricha, kelishuvga erishish uchun AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Kiyevni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishi kerak bo‘ladi.

FT Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bosib olingan hududlarni nazorat qilishiga rozi bo‘lishini kutmoqda. Buning evaziga u AQSh ko‘magida Yevropa xavfsizligi kafolatlarini so‘raydi va Ukrainaning NATOga kirishi muzlatiladi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina Qurolli kuchlarining LXR va DXR hududlari, shuningdek, Xerson va Zaporojye viloyatlaridan olib chiqilishini harbiy harakatlarni to‘xtatish sharti deb atadi. Shuningdek, u Ukrainadan NATOga kirishdan bosh tortishni talab qilmoqda.

Dekabr oyida Donald Tramp Putin bilan uchrashish va Ukraina mojarosiga barham berish variantlarini muhokama qilish niyatida ekanligini ma’lum qilgan edi.

Kecha, 30 dekabr kuni Kreml harbiy harakatlarni tugatish uchun hech qanday harakatlar yo‘qligini ma’lum qildi.

Kiritildi: 10:20 01.01.2025. O'qildi: 1930 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!