Bugun 4 yanvar, 2025 yil, shanba

КИР

Bashar Asad Putin, Prigojin va Lukashenko qo‘lga kiritgan “sovrin”ga loyiq ko‘rildi

Bashar Asad Putin, Prigojin va  Lukashenko qo‘lga kiritgan “sovrin”ga loyiq ko‘rildi


Bashar Asad — yilning korrupsioner amaldori.

OCCRP surishtiruvchi jurnalistlar konsorsiumi Suriyaning sobiq diktatori, hokimiyatdan ag‘darilganidan keyin Moskvaga qochgan Bashar Asadni “2024 yilning eng korrupsioner arbobi” deb topdi.

"Asad rejimi butun mintaqada zo‘ravonlik, narkotiklar va korrupsiyani tarqatib, kaptagon (sintetik narkotik modda) ishlab chiqarish, odam savdosi, tamaki kontrabandasi, qadimiy artefaktlarni o‘g‘irlash va qurol savdosi kabi turli xil uyushgan jinoyatlardan milliardlab dollar daromad topgan", deyiladi OCCRP bayonotida.

“Yilning eng korrupsioner amaldori” mukofoti 2012 yilda OCCRP tomonidan uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyada eng ko‘zga ko‘ringan shaxslarni aniqlash uchun ta’sis etilgan. Uning sobiq "sovrindorlari" qatoriga Vladimir Putin, Yevgeniy Prigojin va Aleksandr Lukashenko kiritilgan.

Kiritildi: 16:28 01.01.2025. O'qildi: 2299 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!