Bugun 4 yanvar, 2025 yil, shanba

КИР

Metan zapravkadagi navbatlarni tanqid qilgan fuqaro qamaldi

Metan zapravkadagi navbatlarni tanqid qilgan fuqaro qamaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir fuqaro Do‘stov metanda yuzaga kelayotgan muammolarni tanqid qilgani aks etgan video tarqalgan edi. Ushbu fuqaroga nisbatan Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudi tomonidan 26 dekabr kuni 15 sutka qamoq jazosi tayinlangani aytilmoqda.

Aniqlanishicha, fuqaro Do‘stov mayda bezorilik, ya’ni jamoat joylarida uyatli so‘zlar bilan so‘kinishda ayblangan.

Sud G‘.Do‘stovga jazo tayinlashda Oliy sud Plenumining "Sudlar tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishni tartibga soluvchi qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida"gi 35-sonli qaroriga ko‘ra, MJtKning 183-moddasi sanksiyasida nazarda tutilgan ma’muriy qamoq jazosini qo‘llagan.

Kiritildi: 10:02 01.01.2025. O'qildi: 7094 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!