“O‘zgidromet” 2025 yil 2 yanvar kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi.
Harorat kechasi 1 daraja sovuq-1 daraja iliq, kunduzi 5-7 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Navoiy viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi.
Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Surxondaryo viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi.
Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduz 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 4 daraja sovuq-1 daraja iliq bo‘ladi.
Prognozlarga ko‘ra, O‘zbekiston hududi bo‘yicha 2025 yil yanvar oyining birinchi yarmida anomal sovuq yoki anomal iliq sharoit kutilmayapti.