Bugun 4 yanvar, 2025 yil, shanba

КИР

Rossiyaning Ukraina orqali gaz eksporti to‘xtadi

Rossiyaning Ukraina orqali gaz eksporti to‘xtadi

Rossiyaning "Gazprom" kompaniyasi, kutilganidek, Moskva vaqti bilan ertalab soat 8:00 dan (Kiyev vaqti bilan 7:00, London vaqti bilan 5:00) Ukraina orqali gaz tranziti to‘xtatilganini tasdiqladi.

"Gazprom" o‘z matbuot bayonotida 1 yanvar kuni erta tongda "Gazprom"ning Ukrainaning "Naftogaz" kompaniyalari va Ukrainaning gaz uzatish tizimi operatori bilan 2019 yilda imzolagan gaz tranziti bo‘yicha kelishuvlari muddati tugaganini eslatib o‘tadi.

“Ukraina tomoni ushbu kelishuvlarni uzaytirishdan bosh tortgani sababli, “Gazprom” 2025 yil 1 yanvardan boshlab Ukraina hududi orqali tranzit uchun gaz yetkazib berish texnik va huquqiy imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. Moskva vaqti bilan soat 8:00 dan boshlab Rossiya gazini Ukraina hududi orqali tashish uchun yetkazib berish amalga oshirilmayapti”, — deyiladi Rossiya kompaniyasi matbuot xabarida.

Kiritildi: 11:40 01.01.2025. O'qildi: 1958 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!