Ukrainaning Poltava shahrida Rossiya imperatori Pyotr I haykali olib tashlandi.
Poltava shahri meri vazifasini bajaruvchi Yekaterina Yamshikova Telegramda shunday xabar berdi: "Ukraina Madaniyat va axborot siyosati vazirligining qaroriga binoan, Pyotr I haykali shahrimiz jamoat maydonidan olib tashlandi. Bu qadam davlatning mustamlakadan ozod bo‘lish siyosatining muhim qismidir."
Yamshikovaning ta’kidlashicha, bu "Rossiya imperiyasi izlaridan xalos bo‘layotgan jamiyatning ongli va mas’uliyatli harakatidir."
Bundan oldin Poltava shahar hokimiyati Pyotr I ning ikkita yodgorligini - Poltava jangi muzeyi hududidagi va Spasskiy cherkovi yaqinidagi dam olish joyidagi haykallarini - olib tashlash va ko‘chirishni kelishib olgan edi.