Bugun 28 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Putin va Pezeshkian Eron atrofidagi vaziyatni muhokama qildi

Putin va Pezeshkian Eron atrofidagi vaziyatni muhokama qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkian Eron atrofidagi vaziyat hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

Bu haqda Putin Kremlda Pezeshkian bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildim.

«Biz hozirgina siz bilan mintaqadagi vaziyat haqida yuzma-yuz suhbatlashdik. Albatta, bu vaziyat nafaqat bizni, balki, eng avvalo, Eron bilan yaqin hamkorlik qilayotgan davlat sifatida bizni tashvishga solmasligi mumkin emas», — dedi u.

Putin vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarishiga umid bildirgan. Uning ta’kidlashicha, Rossiya Eron bilan amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan barcha majburiyatlarni bajarmoqda.

Shuningdek, Rossiya prezidenti joriy yilning dastlabki sakkiz oyida Rossiya va Eron o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 10,4 foizga oshganini ma’lum qildi.

Kiritildi: Bugun 09:10. O'qildi: 364 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!