Yaqin vaqt ichida Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenkoning uchrashuvini tashkil etish rejalashtirilmoqda, deb bayonot berdi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
"Bu ushbu va boshqa masalalarni muhokama qilish uchun yaxshi imkoniyat bo‘ladi", — deya "Interfaks" Peskovning bergan javobidan iqtibos keltirdi.
Undan Zelenskiyning "Belarus chegaraoldi hududlarida joylashgan va Ukrainaga zarba yo‘llashda foydalanilayotgan retranslyatorlarni bir hafta ichida demontaj qilish, aks holda buni o‘zimiz bajaramiz" degan talabini Putin va Lukashenko muhokama qilishni rejalashtiryaptimi yoki yo‘qmi, deb so‘rashgan edi.
Peskov Ukraina prezidentining so‘zlarini "tajovuzkor" tahdid, "ichki ishlarga aralashish" va Belarus Respublikasi "suverenitetiga tahdid" deb atadi.
"Biroq bizda Belarus rahbariyati va Belarusning o‘z suverenitetini ta’minlashga qurbi yetishiga hech qanday shak-shubha yo‘q", — deya ta’kidladi Peskov.