Bugun 3 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Putin Ukraina bilan zarbalarni qisman to‘xtatish taklifini «bema’ni» deb atadi

Putin Ukraina bilan zarbalarni qisman to‘xtatish taklifini «bema’ni» deb atadi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina bilan zarbalarni qisman o‘zaro to‘xtatish haqidagi taklifni «bema’ni» deb atadi. U bu fikrni «Valday» muhokama klubi yig‘ilishida ishtirokchilardan birining savoliga javob berar ekan bildirdi.

Taklifga ko‘ra, Ukraina Rossiyadagi neftni qayta ishlash zavodlariga, Rossiya esa Ukraina g‘allasi tashilayotgan kemalarga zarba bermasligi kerak edi. Putin bunday kelishuvni ma’qul emas deb baholadi.

Rossiya prezidentining aytishicha, Ukraina hujumlari oqibatida Rossiya neftni qayta ishlash zavodlaridagi yo‘qotishlar mamlakat YAIMining taxminan 1 foizini tashkil etgan. Putin bu hujumlar zarar yetkazganini tan olgan, ammo Rossiyaning javob zarbalaridan keyin Ukrainada «endi po‘lat ishlab chiqarish sanoati yo‘q»ligini da’vo qildi.

Putin shuningdek, dunyodagi mojarolar davom etishi ehtimoli yuqori ekanini aytdi va buni mavjud tendensiyalar bilan izohladi. U xalqaro vaziyatning yomonlashuvida yana bir bor «G‘arb gegemonligi» va «kuch bor — aql kerak emas» tamoyiliga asoslangan siyosatni aybladi.

Shu bilan birga, Putin so‘nggi kunlarda Moskvadan yangragan yadroviy quroldan foydalanish haqidagi bayonotlar keskinligini pasaytirishga urindi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Yevropa davlatlariga yuborgan diplomatik notalarida yadroviy quroldan foydalanish ehtimoli tilga olinmagan va Moskvada bunday niyat yo‘q.

Kiritildi: 23:25 01.10.2026. O'qildi: 735 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!