Bugun 6 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Putin tug‘ilishni ko‘paytirish yo‘lini aytdi

Putin tug‘ilishni ko‘paytirish yo‘lini aytdi

Rossiya Ukrainada to‘rt yarim yildan buyon olib borayotgan va yuz minglab askar hayotiga zomin bo‘lgan urush rus mamlakati aholisi kamayishiga u qadar jiddiy ta’sir ko‘rsatayotgani yo‘q. Bu haqda RF prezidenti Vladimir Putin Sharqiy iqtisodiy forumdagi nutqida gapirgan.

«Maxsus harbiy amaliyot (Rossiya rasmiylari Ukrainaga qarshi urushni shunday ataydi — tahr.), albatta, ta’sir ko‘rsatadi, ammo asosiy gap unda emas. Axir, tug‘ilish ko‘rsatkichi bizdan past bo‘lgan Yaponiya va Janubiy Koreyada maxsus harbiy amaliyot yo‘q-ku! Shu bois, ha, biz barcha omillarga e’tibor qaratishimiz kerak. Ammo bu (urush nazarda tutilmoqda – tahr.) baribir asosiy sabab emas», — degan Putin.

Kreml xo‘jayini fikricha, mamlakatda demografik holatni yaxshilash uchun oilalar va xotin-qizlar uchun rag‘bat muhitini yaratish, ijtimoiy fikrni o‘zgartirish kerak.

Putin 2000-yillar o‘rtalarida Rossiyada aholi kamayishi kuzatilgani va o‘shanda mamlakat salbiy tendensiyani yengib o‘ta olganini yodga olgan.

«Bu borada tajribamiz bor va biz uni albatta takrorlaymiz», — degan u.

Tahlillarga ko‘ra, Rossiya aholisi yil sayin kamayib bormoqda. 2025 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, mamlakat aholisi 146 028 325 kishini tashkil etgan. Shu tariqa 2024 yilga nisbatan Rossiya nufusi 0,08 foizga kamaygan.

2025 yil mart oyida bir sutkada 3012 nafar chaqaloq dunyoga kelgan va bu so‘nggi 200 yildagi eng past ko‘rsatkichdir.

Tug‘ilish ko‘rsatkichi muttasil tushib borishi fonida 2025 yildan Rossiya statistika idorasi hududlar bo‘yicha tug‘ilish va o‘lim ko‘rsatkichlarini e’lon qilishni to‘xtatgan.

Hisob-kitoblarga qaraganda, 2045 yilga borib Rossiya aholisi 138,8 million yoki 130,6 millionga qadar kamayadi. Bu raqamlarda Ukrainaga qarshi urushdagi insoniy talafotlar inobatga olinmagan.

Ba’zi olimlar Rossiya aholisi 2100 yilga borib 74 milliondan 112 millionga qadar kamayadi deb hisoblaydi. Demografik tanglik esa mamlakat uchun ulkan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar keltirib chiqaradi.

Shu bois so‘nggi yillarda Rossiya rahbariyati aholini ko‘proq va ertaroq farzand ko‘rishga undamoqda. Jumladan, Putin yoshlarni o‘qish va karyera vajidan farzand ko‘rishni paysalga solmaslikka undab keladi.

Avval xabar berganimizdek, Rossiya prezidenti 2024 yilda ham mamlakatda tug‘ilishning umumiy darajasini oshirish haqida farmon chiqargandi. Hujjatda tug‘ilishning umumiy koeffisiyenti 2030 yilga borib 1,6 nafarga, 2036 yilda esa 1,8 nafarga yetishi lozimligi qayd etilgan.

Rossiya Federasiyasi parlamentining yuqori palatasi — Federasiya kengashi raisi Valentina Matviyenko ham mamlakat ayollarini 18 yoshdanoq farzand ko‘rishga chaqirgani ma’lum.

Kiritildi: 17:09 05.09.2026. O'qildi: 835 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!