1990-yillarda Boris Yelsin va uning vorisi Vladimir Putinga yaqin bo‘lgan sobiq bankir va senator Sergey Pugachyov DW'ga maxsus intervyu berdi.
Pugachyovning so‘zlariga ko‘ra, Yelsinni Putinni hokimiyatga olib kelishga "oila" (Elsinning atrofidagilar) ko‘ndirgan.
"Elsin Putinni ungacha hech qachon ko‘rmaganini tushunish kerak. Stepashin o‘rniga Putin bo‘lishini aytgan o‘sha yig‘ilishgacha. O‘shanda Stepashin: Boris Nikolayevich, iltimos, axir u hech kimsa-ku, siz katta xato qilyapsiz, degan", — deb eslaydi Pugachyov.
Oligarx Boris Berezovskiy ham Putinning tayinlanishini "xato va halokat" deb hisoblaganini aytadi sobiq bankir: "Berezovskiy menga bu xato, bu halokat degandi. U hech narsaga erishmagan odam. Uni u yerdan (Davlat xavfsizlik qo‘mitasi) shunchaki quvib chiqarishgan. U hech kim bo‘lmadi, hech narsaga erishmadi. Berezovskiy u paytda uni nuqsonli odam deb aytgandi", – deydi u.
Pugachyovning aytishicha, Putinning o‘zi ham hokimiyatda uzoq qolmoqchi bo‘lmagan va 2004 yilda ikkinchi muddatga saylanishni istamagan. Putin pul topib, Ispaniyaga ko‘chib ketishni rejalashtirgan.
"Nima uchun darhol total o‘g‘irlik boshlandi? Chunki o‘sha paytda u ikkinchi marta prezident bo‘lishiga ishonmagan. Haqiqatan ham, gap ikki yil ichida kimdir topilishi va yangi demokratik saylovlar o‘tkazilishi haqida ketayotgandi. Ammo vaziyat o‘zgardi", — deya ta’kidladi Pugachyov.