Parijning "PSJ" klubi yarim himoyachisi Fabian Ruis kelajakda Ispaniya chempionatiga qaytishni rejalashtirmoqda.
Ispaniyalik futbolchi o‘zining professional faoliyati boshlangan "Betis" klubiga qaytish istagida. Ruis aynan ushbu jamoada futbolchilik faoliyatini yakunlashni xohlamoqda.
Yarim himoyachi "Betis" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U Sevilya klubi safida 2018 yilga qadar to‘p surgan.