"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike "Real"ga qarshi o‘yin oldidan qo‘shimcha motivasiyasi borligini tan oldi. Enrike avval ham futbolchi, ham murabbiy sifatida "Barselona" sharafini himoya qilgan.
"Real"ga qarshi o‘ynash yoqimli. Shunday bo‘lgan, shunday bo‘lmoqda va shunday bo‘ladi. Dunyodagi eng muvaffaqiyatli jamoaga qarshi o‘ynash men uchun juda muhim. Bilasiz-ku, men "Barselona" muxlisiman. Men hamon Kataloniya klubi a’zosiman, shuningdek, Xixonning "Sporting" klubiga muxlislik qilaman. Shunday ekan, "Real"ga qarshi o‘yinlar menga alohida motivasiya beradi," - dedi Enrike jurnalistlarga.
"PSJ" va "Real" klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yarim finalida o‘ynaydi.