Bugun 27 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Prezidentimiz bugun professional kinotanqidchilar fikri bilan yetarlicha hisoblashilmayotganini qayd etdi

Prezidentimiz bugun professional kinotanqidchilar fikri bilan yetarlicha hisoblashilmayotganini qayd etdi

– Qolaversa, xolis tahlil ijodkorga o‘z kamchiliklarini ko‘ra olish va o‘sish imkonini beradiku! – dedi davlatimiz rahbari.

Kino loyihalarini moliyalashtirishning amaldagi davlat buyurtmasi va xaridi tizimida ham yechimini kutayotgan masalalar bor. Eskidan qolgan “goszakaz” zamonaviy kinoindustriya talablariga javob bermayapti.

Bir vaqtning o‘zida bitta rejissorga oltitagacha, bir muallifga yettitagacha loyiha biriktirilgan. Bunday yuklamada har bir asar ustida puxta ishlash qiyin. Buyurtmalarning deyarli yarmi davlat studiyalariga berilgani xususiy ijodkorlar uchun teng raqobat imkonini cheklagan.

Oqibatda kuchli ssenariy va sifatli film yaratish o‘rniga topshiriqni tezroq “yopish” asosiy mezon bo‘lib qolgan. Mamlakatimiz yetakchisi ijodkor mehnatining natijasi tomoshabinni chuqur o‘yga solib, qalbida iz qoldirgan film bilan o‘lchanishi kerakligini ta’kidladi.

Ssenariy suratga olish jarayonida boyitilishi, ijodiy yechimlar o‘zgarishi mumkin. Shuning uchun san’at asarini oddiy tovar yoki qurilish ob’ekti kabi texnik topshiriqlar asosida xarid qilish to‘g‘ri emasligi ko‘rsatib o‘tildi.

Kiritildi: 17:53 26.10.2026. O'qildi: 510 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!