Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Prezident futbol bo‘yicha terma jamoa a’zolarini mukofotlashga doir hujjatni imzoladi

Prezident futbol bo‘yicha terma jamoa a’zolarini mukofotlashga doir hujjatni imzoladi

Kecha, 5 iyun kuni Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tgan BAA-O‘zbekiston o‘yinidan so‘ng Prezident Mirziyoyev milliy terma jamoa a’zolari bilan bog‘lanib, ularni tarixiy g‘alaba bilan tabriklagan va bosh murabbiy Timur Kapadze boshchiligidagi barcha futbolchilarni «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan mukofotlashini ma’lum qilgan edi.

6 iyun kuni «mamlakatimizda sportni rivojlantirish va keng ommalashtirish, xalqimiz orasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga qo‘shgan katta hissasi, futbol bo‘yicha Osiyoning eng kuchli jamoalari o‘rtasidagi saralash musobaqalarida chinakam jasorat va matonat fazilatlarini, yuksak professionalizm va azmu shijoat namunasini ko‘rsatib, ulkan g‘alabaga erishgani – Vatanimiz tarixida birinchi marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani, Yangi O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi shon-shuhratini yuksaltirish, yosh avlodni ona yurtga muhabbat, milliy g‘urur va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarida faol ishtirok etib kelayotgani uchun» bir guruh fuqarolarni mukofotlashga doir Prezident farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiysi Timur Kapadze boshchiligidagi 25 nafar futbolchi «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi prezidentining birinchi o‘rinbosari Ravshan Irmatov «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan, milliy terma jamoaning 8 nafar (jumladan, sobiq bosh murabbiy Srechko Katanes ham) murabbiy va mutaxassislari «Do‘stlik» ordeni bilan, terma jamoa shifokori Alisher Aripov II darajali «Salomatlik» ordeni bilan, 3 nafar terma jamoa fizioterapevti «Sog‘lom turmush» medali bilan hamda O‘FAning 11 nafar (jumladan, Davron Fayziyev) xodimi «Shuhrat» medali bilan mukofotlangan.

Kiritildi: 15:57 06.06.2025. O'qildi: 581 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!