Bugun 28 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

"Prava" olib berishni va’da qilgan firibgar qo‘lga tushdi

"Prava" olib berishni va’da qilgan firibgar qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zarbdor tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Vatanparvar tashkiloti Jizzax viloyati texnika va amaliy sport turlari markazi” NTM sobiq rahbari SH.X. (muqaddam sudlangan) va sobiq avtomobil boshqarish ustasi N.X. (muqaddam JKning 168-moddasi bilan sudlangan) o‘zaro til biriktirib, fuqaro M.A.ga avtomaktabda o‘qiganlik haqidagi guvohnoma olib berishi hamda nazariy va amaliy imtihonlardan o‘tkazib berishlari evaziga, 13 mln so‘m va 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 16:31. O'qildi: 242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!