Bugun 18 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Poytaxtimizda Qozog‘iston tibbiyoti kunlari doirasida forum bo‘lib o‘tdi

Poytaxtimizda Qozog‘iston tibbiyoti kunlari doirasida forum bo‘lib o‘tdi

✅ Poytaxtimizda “O‘zbekiston — Qozog‘iston: aholi salomatligi yo‘lida – tibbiyot sohasida hamkorlik” mavzusida forum tashkil qilindi. Unda 120 nafardan ortiq qardosh mamlakat vakillari ishtirok etib, ikki tomonlama aloqalar istiqbollari ko‘rib chiqildi.

🇺🇿🇰🇿 O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlik umumiy do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik tamoyillariga asoslangan. Ikki davlat rahbarlari sa’y-harakatlari bilan strategik sheriklik hamda ittifoqchilik munosabatlari izchil rivojlanmoqda.

🔗 Xususan, sog‘liqni saqlash yo‘nalishidagi aloqalar yil sayin mustahkamlanmoqda. Shu kunlarda yurtimizda o‘tkazilayotgan Qozog‘iston tibbiyoti kunlari ham buning uzviy davomidir.

👨‍⚕️ Qozog‘iston tibbiyoti kunlari doirasida qo‘shni davlatning yuqori malakali mutaxassislari Samarqand, Buxoro, va Farg‘ona viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi tibbiyot muassasalarida bo‘lib, to‘rt kun davomida kardiologiya, neyroxirurgiya, travmatologiya, urologiya, onkologiya, ginekologiya, bolalar jarrohligi, endokrinologiya va boshqa yo‘nalishlarda 444 ta tibbiy maslahatlar, 64 ta jarrohlik amaliyotlari hamda mutaxassislarimiz uchun 57 ta seminar va mahorat darslarini o‘tkazishdi.

📎 Shuningdek, Milliy tibbiyot markazi va kardiologiya, travmatologiya, neyroxirurugiya yo‘nalishidagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarida qo‘shma yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari bajarildi.

🔬 Tadbir doirasida Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mammograf, kompyuter tomografi, rentgen, UTT va laboratoriya bilan jihozlangan to‘rtta mobil tibbiyot majmuasi yurtimizga keltirilib, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida 1240 nafar aholi birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

🤝 Forum doirasida bo‘lib o‘tgan sessiyalar davomida ikki mamlakat mutaxassislari yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini bajarishda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, innovasiyalarga yo‘l ochish, bunda hamkorlik va bilim almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalarini atroflicha muhokama qilishdi.

📝 Tibbiy ta’lim yo‘nalishida faoliyat olib boruvchi mutaxassislar ikki davlat o‘rtasidagi akademik mobillik, bilim va ko‘nikmalar almashinuvini mustahkamlash borasida ham fikr almashildi.

🏆 Bundan tashqari, Toshkent davlat tibbiyot universitetida Qozog‘istonning 7 ta oliy ta’lim muassasasi vakillari tomonidan talabalar o‘rtasida fan olimpiadasi hamda sport musobaqalari tashkil etilib, ularning g‘oliblari forum doirasida taqdirlandi.

📁 Anjumanda ikki davlatning tibbiyot oliy o‘quv yurtlari, ilmiy va ixtisoslashgan tibbiyot markazlari o‘rtasida qator memorandumlar imzolandi.

📈 Qozog‘iston delegasiyasi vazirlikda bo‘lib, Raqamli sog‘liqni saqlash markazining faoliyati bilan tanishdi.

Kiritildi: 17:10 17.10.2025. O'qildi: 364 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!