Barselonadagi Sagrada Familia cherkovining qurilishi Misr piramidalariga ketkazilgan vaqtdan oshib ketdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Misrning qadimiy piramidalari millodan avvalgi 2589 – 2504 yillarda, ya’ni 85 yil davomida qurilgan.
Arxitektor Antoni Gaudi esa, o‘zining eng yaxshi asari Ispaniyaning Barselona shahridagi Sagrada Familia cherkovi qurilishini 1882 yilda boshlagan va u hozir ham davom etmoqda. Gaudi o‘z ishining yakunini ko‘rolmasdan vafot etgan.
Barselona hukumati ushbu cherkov qurilishini 2026 yilda, Gaudi vafotining 100 yilligi arafasida nihoyalashni rejalashtirgan. Shunda Sagrada Familianing qurilishiga 144 yil sarflangan bo‘ladi.